Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" Kazemironi ortga qaytarishni o‘ylamoqda

"Real" Kazemironi ortga qaytarishni o‘ylamoqda

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"da o‘ynayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Trivela xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kazemiro klubning yosh yarim himoyachilarining rivojlanishiga yordam bera oladigan futbolchi sifatida ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, u o‘yinchilarning so‘nggi paytlarda olgan jarohatlari tufayli yarim himoya va himoya tizimidagi muammolarni hal qilishda ham yordam berishi mumkin.

Joriy mavsumda Kazemiro "Manchester Yunayted"ning barcha turnirlarida 16 ta o‘yinda ishtirok etdi va braziliyalik futbolchi uchta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 14:06, 22.11.2024.
O'qildi: 4488 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик