Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Flik «Barselona» himoyasi uchun 50 million yevrolik futbolchini tanladi

Flik «Barselona» himoyasi uchun 50 million yevrolik futbolchini tanladi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub rahbariyati yangi markaziy himoyachi xarid qilishga qaror qilsa, qaysi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istashini belgilab oldi.

Goal nashrining Jerar Romero ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, nemis mutaxassisini «RB Leypsig»ning 23 yoshli markaziy himoyachisi Kastello Lyukeba qiziqtirmoqda.

«Flik fransuz futbolchisida «Barselona» himoyasini o‘zgartira oladigan tezlik va jismoniy kuchni, shuningdek, hujumlarni chuqurdan boshlashda yuqori mahoratni ko‘rmoqda», — deyiladi manba xabarida.

Biroq Lyukebani xarid qilish oson bo‘lmaydi. «RB Leypsig» joriy yozda bir nechta muhim futbolchilari bilan xayrlashgani sababli yana bir asosiy o‘yinchisini qo‘yib yuborishni istamayapti. Qolaversa, himoyachining nemis klubi bilan shartnomasi 2029 yilga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali Lyukebaning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda. Xabarlarga ko‘ra, «Barselona» uni xarid qilish uchun 50 million yevrodan ham ko‘proq mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:40, 23.08.2026.
O'qildi: 2248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик