Toshkent mebonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi.
Quvonarlisi, yigitlar o‘rtasidagi bahslarning finalida ikki o‘zbek sportchisi oltin medal uchun jang qilishdi.
Hal qiluvchi bosqichgacha barcha raqiblarini mag‘lub etgan Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov o‘rtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.