Kosovo futbol federasiyasi Ruminiya bilan o‘yindan so‘ng bayonot berdi.
Kosovo terma jamoasi kecha Ruminiya bilan o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida maydonni erta tark etdi, mezbon muxlislar “Serbiya, Serbiya!” deya hayqirishdi va Serbiya bayrog‘ini osib qo‘ydi.
“O‘yin davomida “Kosovo – Serbiya”, “Serbiya, Serbiya” degan hayqiriqlar yangradi. Kosovo madhiyasi yangrayotganda hushtakbozlik, stadionga narsalarni uloqtirish va boshqa tajovuzkor va provokasion xatti-harakatlar sodir bo‘ldi, bu esa futbolchilarimiz uchun nomaqbul va xavfli muhitni yuzaga keltirdi", - deyiladi Kosovo futbol federasiyasi xabarida.