Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: "Har kim ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta jamoa APLda ketma-ket to‘rt mavsum g‘alaba qozona oladi"

Gvardiola: "Har kim ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lishi mumkin, lekin faqat bitta jamoa APLda ketma-ket to‘rt mavsum g‘alaba qozona oladi"

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni "Tottenxem"ga qarshi uy o‘yiniga tayyorlamoqda. Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasi ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatli seriya bilan o‘yinga yaqinlashayotganiga munosabat bildirdi.

"Bir klubda to‘qqiz yil ishlaganingda har xil ssenariylar, har xil vaziyatlarni boshdan kechirasan. Ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lish mumkin, lekin shu bilan birga ketma-ket to‘rtta Premyer-ligada g‘alaba qozonish mumkin. Har bir jamoa ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lub bo‘lishi mumkin, ammo faqat bitta jamoa ketma-ket to‘rtta Premyer-ligada g‘alaba qozona oldi. Bu sodir bo‘lgan voqea," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvi 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:24, 22.11.2024.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик