"Real" va "Tottenxem" klublarining sobiq futbolchisi Garet Beyl "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappening UYEFA Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul" bilan uchrashuvdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
Fransiyalik futbolchi bu o‘yinda penaltidan foydalana olmadi.
"Hozir Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Unga o‘z o‘yinini va "Real"dagi mavqeini yaxshilash uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi", - dedi Beyl Sport.es bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" "Liverpul"ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.