Jastin Klyuyvert Premyer-liga rekordini o‘rnatdi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi «Vulverxempton» bilan 13-tur o‘yinida xet-trik qayd etdi. U 3, 18 va 74-daqiqalarda gol urdi.
Uchta gol ham penaltidan kiritildi. Bu Premyer-liga tarixida birinchi marta sodir bo‘ldi.
Shu bilan birga, barcha penaltilarni hujumchi Evanilson Barbosa ishlab berdi - bunaqasi ham Premyer-ligada tarixida bo‘lmagan.