Vinchenso Italyano «Bolonya»ning o‘yini haqida gapirdi.
Uning jamoasi kecha "Benfika"ga qarshi bahsda durang qayd etdi (0:0).
“Bugun yigitlarning qilgan ishlaridan xursandman. Muntazam g‘alaba qozonadigan va ko‘p gol uradigan jamoaga qarshi hozirgi formamiz bilan kurashish qiyin bo‘ldi, ularga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqargani uchun yigitlar hurmatga loyiq.
Aslida biz g‘alabadan umid qilgandik, lekin o‘yin – ayniqsa birinchi bo‘limda – yuqori darajada bo‘ldi.
Tanaffusdan keyin ular tempni ko‘tarishdi, tajovuzkorroq bo‘lishdi, lekin biz baribir ularni boshqara oldik", – dedi murabbiy.