Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

OKMK Oybek Rustamov bilan shartnomani uzaytirdi

OKMK Oybek Rustamov bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

OKMK futbol klubi qishki transferlar mavsumida yosh va iste’dodli futbolchilarni jalb qilish bilan bir qatorda o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli tarkibni saqlab qolishga ham katta e’tibor qaratadi.

2024 yilgi mavsumda O‘zbekiston chempionatida OKMK FKning sovrindorlar safidan joy egallashi uchun katta hissa qo‘shgan yarim himoyachi Oybek Rustamov bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Klub rahbariyatining olib borgan muzokaralari natijasida huquqiy jihatdan "Qo‘qon-1912" jamoasiga tegishli bo‘lgan 27 yoshli futbolchi kelasi mavsumda ham "konchilar" sharafini himoya qiladi.

Shartnomaga ko‘ra, Oybek Rustamov 2025 yilning oxirigacha OKMK FK tarkibida harakat qiladi. U o‘tgan mavsumda Superligada "konchilar" safida 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 2 ta samarali golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, kubok bahslarining 3 ta o‘yinida maydonga tushgan Oybek Rustamov raqib darvozasiga bir bor yo‘l topa oldi.

Klub rahbariyati Oybek Rustamovning tajribasi va mahorati kelasi mavsumda ham yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o‘yin ko‘rsatib, jamoaning g‘alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashiga ishonch bildiradi.

Kiritildi: 16:11, 04.01.2025.
O'qildi: 821 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик