Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Osiyo chempionati final bosqichiga chiqamiz

Osiyo chempionati final bosqichiga chiqamiz

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati saralash o‘yinlarining "S" guruh baxslari Toshkentda o‘tayotganidan xabaringiz bor. Farruh Zokirov shogirdlari o‘z guruhida Avstraliya, Filippin, Kuvayt va Turkmaniston termalariga qarshi kurash olib boryapti.

Xo‘sh, saralash o‘yinlarining boshqa guruhlarida vaziyat qanday?

Qit’aning 18ta termasi to‘rt guruhga bo‘lingan xolda saralash o‘yinlariga kirishgan. Bular:

"A" guruhi: Tailand (mezbon), Livan, Baxrayn, Falastin, Iroq

"B" guruhi: Indoneziya (mezbon), Gonkong, Hindiston, Qirg‘iz Respublikasi

"S" guruhi: O‘zbekiston (mezbon), Avstraliya, Kuvayt, Filippin, Turkmaniston

"D" guruhi: Muanmar (mezbon), Xitoy Taypeyi, Vetnam, Makao

"B" va "D" guruhlarida musobaqa 15 yanvarda start oladi. "A" va "S guruhlarida esa ikkinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

"A" guruhidagi xolat:
1-tur. 11-yanvar
Baxrayn – Livan – 1:1
Iroq – Falastin – 1:1

2-tur. 13-yanvar
Iroq – Baxrayn – 5:9
Falastin – Tailand – 1:8

2-turdan keyin Baxrayn termasi bittadan yutuq va durang natija hosil qilgan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Tailand termasi 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. Qiziq tomoni, Iroq, Falastin va Livan termalarida bittadan ochko bor.

"C" guruhidagi natijalardan xabaringiz bor. Ikki o‘yinda yuz foizli natija qayd etgan avstraliyaliklar birinchi o‘rindan joy olgan. Filippin 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. Aynan Filippin termasi bilan durang o‘ynagan hamyurtlarimiz esa uchinchi pog‘onani egallab turibdi, ammo terma jamoamiz dastlabki turni o‘tkazib yuborganini unutmaylik. Turkmaniston va Kuvayt termalari hali ochko olib ulgurmagan.

To‘rt guruhda birinchi va ikkinchi o‘rindan joy olgan terma jamoalar hamda to‘rtta guruhda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bitta uchinchi o‘rin egasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Final o‘yinlari 7 — 18-may kunlari Xitoyda tashkillashtiriladi.

Osiyo chempionatida saralash o‘yinlaridan o‘tgan to‘qqiz jamoaga mezbon sifatida Xitoy, avvalgi qit’a chempionati finalchilari Eron va Yaponiya termalari qo‘shiladi. 12 terma jamoa o‘rtasida o‘tadigan bahslarda muvaffaqiyat qozongan uchta omadli jamoa Jahon chempionati ishtirokchisiga aylanadi. Ayollar futzali bo‘yicha ilk bor o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga esa Filippin davlati mezbonlik qiladi. Jahonning kuchli 16 ta termasi shu yilning 21-noyabridan 7-dekabriga qadar Filippinning Viktoriya va Pasig shaharlarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.

Ayollar futzali bo‘yicha Osiyo chempionati uchinchi bor o‘tkazilmoqda. 2015-yili Malayziya davlati mezbonlik qilgan qit’a musobaqasida 8 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yili Tailandda tashkil etilgan turnirda jamoalar soni 15 ta bo‘lgan. E’tiborli jihati, har ikkala musobaqada Eron termasi bosh sovrinni qo‘lga kiritgan, har ikkalasida ham yaponiyaliklar ikkinchi, tailandliklar uchinchi bo‘lishgan. Uchinchi marta o‘tkaziladigan qit’a chempionatiga 2020-yili Kuvayt davlati mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgandi, biroq dunyo miqyosida tarqalgan kovid balosi musobaqani ham bekor bo‘lishiga majbur qilgan.

O‘zbekiston terma jamoasi har ikkala chempionatda ham ishtirok etgan, eng yaxshi natijasi Tailandda yuz bergan – vakillarimiz chorak finalga qadar yetib kelgan. O‘z uyimizda o‘tayotgan bu galgi musobaqadan yurtdoshlarimizning umidi katta. Filippin termasi bilan qayd etilgan durang natija hali hech narsani anglatmaydi. Futzalchi qizlarimizning qolgan uchrashuvlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishiga, ishonchli tarzda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda ko‘zlagan maqsadimizga erishishiga ishonchimiz komil.

Kiritildi: 17:32, 14.01.2025.
O'qildi: 3321 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.