Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Norchayev Portugaliya klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi

Norchayev Portugaliya klubiga o‘tmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonlik futbolchi Husayn Norchayev Portugaliyaning “Braga” klubiga viza sabab o‘tmaydigan bo‘ldi.

Klub futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xat yuborgan. Norchayev Qatardagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inini erta tark etib, Toshkentga qaytdi. Portugaliyada qishki transfer oynasi 3 fevral kuni yopiladi.

O‘zbekistonda Portugaliya elchixonasi yoki vakolatxonasi yo‘qligi sababli futbolchining agentlari Toshkentdagi Fransiya elchixonasi orqali Rossiyadagi Portugaliya elchixonasiga aloqaga chiqqan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ham futbolchiga yordam qo‘lini cho‘zgan. Biroq Portugaliya elchixonasi xodimlari qisqa muddatda viza tayyorlab bera olmasligi, futbolchidan dushanba kuni Moskvaga uchib kelishni so‘ragan. Dushanba kuni Portugaliyada qishki transfer oynasi yopiladi. Futbolchi bu paytda o‘sha yerda bo‘lishi talab qilinadi.

Ayni shu sabab bilan mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

“Dushanba kuni hujjatlar topshirilsa, 2—3 kunda viza chiqadi. Ungacha transfer oynasi yopiladi. Barchasi hal edi. Afsuski, viza sabab bu transfer amalga oshmaydi”, deydi futbolchiga yaqin manba “Daryo”ga.

Ma’lumot uchun, Norchayev 2002 yil, 6 fevral kuni Qashqadaryoda tug‘ilgan. O‘tgan mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” klubida o‘tkazdi. Transfermarkt portali futbolchini 400 ming yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 04:19, 02.02.2025.
O'qildi: 2017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.