Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Freestyle Chess. Abdusattorov Firujani mag‘lub etdi, Sindarov - Karuana bahsida tay-brek o‘ynaladi

Freestyle Chess. Abdusattorov Firujani mag‘lub etdi, Sindarov - Karuana bahsida tay-brek o‘ynaladi

Baho:
+ | -

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida "2025 Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasida hal qiluvchi pallaga kirdi.

Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 5-o‘rni uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lish maqsadida fransiyalik Alirizo Firuzjaga qarshi bugun qora donalarda o‘ynadi. Partiya o‘rtalaridan boshlab ustunlik raqib tomoniga o‘ta boshladi. Ammo o‘yin so‘ngida Firuzja seytnotga tushgani uchun bo‘lsa kerak, xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi. Nodirbek esa bundan ustalik foydalanib, g‘alabani ilib ketdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu shaxmatchilar o‘rtasidagi kechagi o‘yin durang bilan yakunlangan edi.

Abdusattorov beshinchi o‘rin uchun Xikaru Nakamura va Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi dona suradi. Ushbu shaxmatchilar o‘rtasidagi ikki o‘yindan keyin hisob hozircha teng. Ular tay-brekda g‘olib nomini aniqlashadi.

Javohir Sindarov esa bugun Fabiano Karuanaga qarshi yarim finalning ikkinchi bahsini o‘tkazdi. 15-yurishda AQSHlik sportchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Javohir vaziyatda raqibga taktik zarba berib, kamida bitta piyodani urib olgan holda, raqibning mudofaa chizig‘ini parchalab, pozision ustunlikni qo‘lga kiritishi mumkin edi. Mmmo vatandoshimiz buni ko‘ra olmadi.

Keyingi yurishlarda Fabiano seytnot holatida bo‘lishiga aniq yurishlarni amalga oshirgan bo‘lsa, Sindarov bir nechta noaniq yurishlar tufayli Karuana katta ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ammo u bahs so‘ngida g‘alabaga olib boruvchi yo‘lni topa olmadi. Yakunda tomonlar bir yurishni 3 martadan takrorlashdi va durang qayd etildi.

Sindarov va Karuana o‘rtasidagi kechagi bahsda ham durang qayd etilgan edi. Bugun ular tay-brek orqali finalchi nomiga aniqlik kiritishadi.

Darvoqe, yarim finalning ikkinchi o‘yinida Vinsent Keymer bugun Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi va kechagi g‘alaba evaziga finalga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning mukofot jamg‘armasi — 750.000 dollarga teng. G‘olib shaxmatchiga 200.000 dollar beriladi. Finalchi 140.000 dollarga ega bo‘lsa, 3-o‘rin egasiga 100.000 beriladi. 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchi esa 50.000 dollar bilan uyga qaytadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:16, 12.02.2025.
O'qildi: 2606 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.