Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Rivojlanish kubogi: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Tojikiston ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Rivojlanish kubogi: O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Tojikiston ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Minskda bo‘lib o‘tayotgan "U-17 Rivojlanish Kubogi-2025" musobaqasi 3-turi doirasida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlanda. O‘yin qiziqarli va murosasiz kechdi, natijada O‘zbekiston yoshlar jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Tojikiston terma jamoasi hujum uyushtirib, Muhammad Nazriyevning aniq zarbasi bilan hisobni ochdi — 0:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida o‘zbekistonlik murabbiy tarkibda bir qator o‘zgarishlarini amalga oshirdi. Natijada 52-daqiqa O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi! Jamshidbek Rustamov penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni 1:1 ko‘rinishga keltirdi.

Oradan 10 daqiqa o‘tib vakillarimiz yana gol urishdi! Muhammad Habibullayev chiroyli gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi — 2:1.

O‘yin tugashiga 6 daqiqa qolganida Jamshidbek Rustamov dubl qayd etdi! Uning ikkinchi goli O‘zbekistonning ustunligini yanada mustahkamladi — 3:1.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, "U-17 Rivojlanish Kubogi-2025" musobaqasidagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:51, 19.02.2025.
O'qildi: 1789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик