"Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Tomas Parti faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
«Caughtoffside» xabariga ko‘ra, "Barselona" shartnomasi shu yilning 30 iyunida tugaydigan ganalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Parti 31 yoshda. U joriy mavsumda 37 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.













