"Tottenxem" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti"ga (0:1) qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Birinchi bo‘limda ko‘pincha to‘pni yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda ham barcha jihatlarda ustunlikka erishdik, ammo gol o‘tkazib yubordik. "Siti"ga qarshi o‘yinda to‘pni tez-tez yo‘qotib qo‘ysangiz, raqibning imkoniyatlar yaratishiga yo‘l qo‘yagan bo‘lasiz. Maydonning so‘nggi uchdan bir qismiga tez-tez o‘tish bizga ko‘proq vaziyatlar yaratishga yordam berishi mumkin edi," - deya Postekogluning so‘zlarini keltiradi BBC.













