Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim Retkliffning fikriga qo‘shiladimi?

Amorim Retkliffning fikriga qo‘shiladimi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" xo‘jayini Jim Retkliff kuni kecha ba’zi futbolchilar klub darajasiga mos emasligi va yuqori maosh olishini aytdi. Bu borada "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim izoh berdi.

"Hozir hamma qoniqarsiz ishlayapti. Men ham, futbolchilar ham. Men o‘zimni ham qoniqarsiz o‘yinning bir qismi sifatida his qilaman. Kazemiroga o‘xshagan futbolchilar hamma narsada g‘alaba qozonardi. Ular ancha yaxshi o‘ynay olishlarini bilamiz. Retkliff o‘z fikrida to‘g‘ri edi. Bizning maqsadimiz natijalar yordamida uning fikrini o‘zgartirmoq. Mashg‘ulotlarda futbolchilar buni juda xohlayotganini his qilyapman," - dedi Amorim jurnalistlarga.

Kiritildi: 22:22, 12.03.2025.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик