Konferensiyalar ligasida 1/8 finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi, Ispaniyaning "Betis" jamoasi qo‘shni Portugaliyaga, Gimarayshning "Vitoriya" jamoasi maydoniga mehmonga bordi va u yerda javobsiz to‘rtta gol urdi. Bu "Betis"ning Yevropa turnirlaridagi faoliyati davomida safardagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.
Bu, shuningdek, 1998 yilda Daniyaning "Veyle" klubini o‘z maydonida 5:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin "Betis" uchun Yevropa kubogidagi ikkinchi yirik mutlaq g‘alabasidir.













