Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/05 00:00 Kristal Pelas 4-2 Vulverhempton
21/05 00:00 Manchester Siti 3-1 Bornmut
21/05 17:30 Zamin 5-3 Andijon FA
21/05 17:30 Qo‘qon-1912 2-1 Qizilqum
21/05 17:30 Buxoro 5-0 Namangan FA
21/05 17:30 Bunyodkor 0-1 Lokomotiv
21/05 19:00 Olimpik MobiUz 4-1 Jayxun
21/05 19:00 Xorazm 4-0 Sirdaryo FA
23/05 23:45 Komo - Inter
23/05 23:45 Napoli - Kalyari
24/05 00:00 Betis - Valensiya

Arda Gyuler va Dominik Soboslai o‘rtasidagi mojaro: maydondan ijtimoiy tarmoqlargacha

Arda Gyuler va Dominik Soboslai o‘rtasidagi mojaro: maydondan ijtimoiy tarmoqlargacha

Baho:
+ | -

Futbol muxlislari orasida Arda Gyuler va Dominik Soboslai qarama-qarshiligida kim kuchliroq ekani haqidagi bahslar avjida. Ammo ikki yosh yulduz maydondagi raqobatni ijtimoiy tarmoqlarga ham ko‘chirdi. Avvaliga Turkiya va Vengriya terma jamoasi yetakchilari maydonda kim ustunligini isbotlashga uringan bo‘lsa, keyinchalik bu mojaroni ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokama qilinishiga sababchi bo‘lmoqda.

Raqobat qachon boshlandi?

Bu qarama-qarshilik 2024 yil mart oyidagi Vengriya va Turkiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan boshlangan. O‘sha o‘yindagi yagona golni Soboslai penaltidan kiritdi. O‘yin so‘ngida esa u Gyulerga yaqinlashib, “Sen o‘zi kim bo‘lasan?” degan gapi bilan hozir davom etayotgan mojaroga zamin yaratdi.

1 yil o‘tib, vaziyat o‘zgardi

Bir yil o‘tib, Millatlar ligasi doirasida Turkiya va Vengriya yana maydonda to‘qnash keldi. Birinchi uchrashuv 3:1 hisobida Turkiyaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkinchi bahsda ham turklar vengerlarni taslim etishni uddaladi —  hisob 3:0.

Gyuler bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi. U urgan golidan keyin lablariga barmog‘ini qo‘yib, Soboslai tomonga ishora qildi – “Tinchlaning, janob Soboslai”. Kameralar nigohi vengeriyalik yulduzning nigohlariga qaratildi, ammo Soboslai mag‘lubiyatni tan olib, tabassum bilan javob qaytardi.

Mojaro ijtimoiy tarmoqlarda davom etdi

Keyinchalik janjal maydon tashqarisida ham davom ettirildi. Soboslai ijtimoiy tarmoqdagi Gyulerning “jim bo‘l” ishorasi aks etgan surat ostiga “1088” raqamini yozib qoldirdi. Bu Gyulerning “Real” safidagi umumiy o‘yin daqiqalari edi. Buning mazmunini shunday tushunish mumkin: “Sen kim bo‘libsan? Butun mavsum zo‘rg‘a 1000 daqiqa o‘ynagan bo‘lsang?”

Gyuler bu holatni bee’tibor qoldirmadi va javob posti yo‘lladi: “Bu yigitning harakatlari juda kulgili. Uning og‘zini yopish uchun oltita gol yetarlimi?”

Bu gap bejiz aytilmagan edi. “Oltita” – bu Turkiyaning Millatlar ligasida Vengriyaga qarshi ikki o‘yinda urgan gollari soni (6:1). Gyuler xuddi shunday deyotgandek edi: “Sen mening o‘ynagan daqiqalarim haqida gapiryapsanmi? Men esa jamoang nechta gol o‘tkazib yuborganini eslatib qo‘yaman”.

Bu oddiy raqobatmi yoki yangi trend?

Bu shunchaki futbolchilar o‘rtasidagi oddiy ziddiyatmi yoki yangi futbol trendi? Ko‘pchilik bunday mojaroning futbolga qo‘shimcha zavq qo‘shishini aytmoqda. Sababi maydondagi raqobat ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chganda, muxlislarning qiziqishi yanada ortadi.

Ammo boshqalar bu kabi tortishuvlar futbolchilarning klubdagi rivojlanishiga xalal berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq, ba’zilar aksincha, bunday raqobat ularga motivasiya berishi va yanada yuqori saviyada o‘ynashga yordam berishini aytmoqda. Dominik Soboslai – “Liverpul”ning asosiy yulduzlaridan biri, Gyuler esa “Real Madrid”da o‘z o‘rnini topishga harakat qilayotgan futbolchi hisoblanadi. Har ikkisi ham kelajakda futbol olamining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylanishi mumkin. Shu bois mutaxassislar futbolchilarni ushbu janjalni tezroq yakunlashga chaqirmoqda. Milliy terma jamoalar nuqtayi nazaridan qaralsa, bu masala milliy g‘urur tufayli yuzaga kelganini tushunish mumkin. Ammo futbolchilarning shaxsiy muammolari va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ularning kelajakdagi obro‘siga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hozircha bu mojaro yakunlangani yo‘q. Futbolchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi har bir posti ostida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda. Ikkala futbolchi ham shu orqali mashhurlik qozonmoqda. Ularning raqobati shu qadar qizg‘in tus oldiki, hozirda bu mavzu chempionat turnir jadvallaridan ham ko‘proq muhokama qilinmoqda.

Kim biladi, balki keyingi mavsumda bu ikki futbolchi yana maydonda to‘qnash kelar? U holda, mojaro davom etishi aniq.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:03, 28.03.2025.
O'qildi: 4067 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.