"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Borussiya"ga qarshi dastlabki o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Flik dortmundliklar ustozi Niko Kovach haqida bir-ikki og‘iz gapirdi. O‘z vaqtida ular "Bavariya"da birga ishlagan.
- Siz Kovachni bilasiz. Bu afzallik hisoblanadimi?
"Bunga ishonchim komil emas. Niko - ajoyib murabbiy. Men u haqda ba’zi narsalarni bilaman va bu bizga yordam berishi mumkin. Men uning ishiga juda qoyil qolaman," - dedi Flik matbuot anjumanida.













