Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz birinchi daqiqalardanoq maydonga tushib, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qilishimiz kerak. Biz ulardan faqat ishtiyoqimiz, yugurishga tayyorligimiz va kurashish istagimiz orqali kerakli turtki olamiz" - dedi Kovach.