Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz vaziyatimizni tushunamiz. Ertaga o‘zimizni butunlay boshqa tomondan ko‘rsatishni, bir hafta oldingidan boshqacha o‘ynashni va g‘alaba qozonishni istaymiz. Mo‘’jizalar har doim sodir bo‘ladi, lekin biz ham bilamizki, "Barselona" bu yil birorta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi" - dedi Kovach.