Belgiya ikkinchi ligasi o‘yinida ta’sirchan voqea yuz berdi.
Darvozabon Bret Stivens shanba kuni "Yong Genk" safida professional debyut qildi. Biroq, bir hafta oldin 21 yoshli yigit uzoq davom etgan kasallik natijasida vafot etgan otasi bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi.
"Lyej" jamoasiga qarshi o‘yinda darvozabon penaltini qaytardi, shundan so‘ng muxlislar qarsaklar chalishdi. Uchrashuv yakunida futbolchini hattoki raqib jamoa muxlislari ham iliq quchoqlashdi.
Shuningdek, o‘yin boshlanishidan oldin bir daqiqalik sukut saqlandi. Het Nieuwsblad nashriga bergan intervyusida Stivens shunday dedi: "Debyutga ruxsat berilganini eshitganimda xursand bo‘ldim, lekin baribir o‘zimda aralash tuyg‘ular bor edi. Dadam o‘ynashimni xohlardi. "Lyej" futbolchilari va muxlislari o‘yindan oldin va keyin ko‘rsatgan narsa barcha kutganlarimdan oshib ketdi. Ular katta hurmat ko‘rsatdilar. Bu futbolda hamma narsa boshqacha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Lyej aholisiga rahmat".