"Beshiktosh" hujumchisi Chiro Immobilening kelajagi so‘roq ostida, deya xabar beradi insayder Nikolo Shkira.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli hujumchi yozda turk klubini tark etishi mumkin.
Immobile yuqori maoshiga qaramay (yiliga 6 million yevro) Italiyaga qaytishi mumkin.
"Beshiktosh" o‘tgan yozda "Latsio"dan Immobileni sotib olgandi. Joriy mavsumda u 34 ta o‘yinda 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













