«Napoli» hujumchici Romelu Lukaku faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sabah jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulning «Beshiktosh» klubi yulduz hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Turkiya klubi 33 yoshli Lukakuning transferi uchun besh million yevro taklif qilmoqda. Neapol tomoni esa belgiyalik forvardni 10 million yevroga baholamoqda.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Romelu «Napoli» safida beshta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Hujumchining shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.













