"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi Ruben Amorimning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted"da qiyin yil bo‘lganini bilaman, ammo Ruben Amorim nima qilishga urinayotganini ko‘rib turibman. U o‘z loyihasini endi boshlayapti, lekin men bir narsani ko‘ryapman: o‘yinchilar u uchun kurashmoqda. Bu juda muhim", - dedi ispaniyalik mutaxassis.













