"Betis"dan ijaraga olingan "Manchester Yunayted" vingeri Antoni faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Football Espana.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar futbolchi uchun 40-50 million yevro olishni rejalashtirishgan. Qanot hujumchisiga "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Antoni "Betis" safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













