"Miluoki Baks" basketbol klubi hujumchisi Yannis Adetokunbo "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduga Gresiyada o‘ynash taklifi bilan murojaat qildi.
"Keling, Gresiyada o‘ynang, eng zo‘r chempionat. "Olimpiakos", "Panatinaikos", AYEK yoki PAOK", - deb yozdi Adetokunbo ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq OAVda futbolchining klubdagi faoliyati davomida qo‘lga kiritilgan sovrinlar yo‘qligi sababli Ronaldu "An-Nasr"ni tark etishga yaqin qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.













