Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Sport kurashlari bo‘yicha gran-pri turniri yakunlandi

Sport kurashlari bo‘yicha gran-pri turniri yakunlandi

Baho:
+ | -

Namanganda 64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasida bo‘lib o‘tayotgan erkin va yunon-rum kurash turlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida “O’zbek botirlari” ikkinchi xalqaro gran-pri turniri nihoyasiga yetdi.

Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida Namangan viloyati hokimligi, respublika Sport vazirligi, O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan, qolaversa, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya Federasiyasi, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus va Turkiyadan kelgan 300 dan ziyod yakkakurash ustalari 60 kilogrammdan +130 kilogrammgacha bo‘lgan 12 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan sport turlari bo‘yicha kechgan bellashuvlar nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan kuchli polvonlar uchun ham o‘z mahoratini namoyish etish, sharafli g‘alaba uchun kurashish imkonini berdi.

Xalqaro turnirning yunon-rum kurashi bahslari yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari – Islom Bahromov 60 kilogramm, Ayitjon Xalmaxanov 67 kilogramm, Aram Vardanyan 77 kilogramm, Muhammadqodir Rasulov 87 kilogramm vaznda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Og‘ir vazn toifalardagi bahslarda xorijlik sportchilarning qo‘li baland keldi. Xususan, Belarus Respublikasi vakillari – Kerel Maskevich 97 kilogramm va Pavel Glinchuk +130 kilogramm vaznda g‘oliblik shohsupasining baland cho‘qqisiga ko‘tarildi.

Musobaqaning erkin kurash turi bo‘yicha bahslar ham murosasiz ruhda kechdi. E’tiborlisi, g‘oliblar orasida asosan o‘zbekistonlik sportchilar e’tirof etildi.

Jumladan, 57 kilogramm vazn toifasida respublika Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxira maktabi tarbiyalanuvchisi Asadbek Saydto‘rayev, 65 kg. vaznda Buxoro viloyati vakili Umid Jalolov, 74 kg. vaznda respublika Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxira maktabi a’zosi Begijon Qo‘ldoshev, 97 kg. vaznda buxorolik Rustam Shodiyev zafar quchdilar.

Ozarbayjonlik erkin kurashchilar ham ikki vazn toifasida o‘z nomlarini g‘oliblar sifatida yozdirib qo‘yishdi. Xususan, 86 kilogramm, Arsen Djioyev va +125 kilogramm vaznda Magomedxan Magomedov faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Dunyoning eng sara polvonlarini yurtimiz pahlavonlari bilan bir tatamida yuzlashtirgan, chinakam bahodirlik va mahorat bahsiga aylangan, asosiysi, “Los-Anjeles-2028” yozgi Olimpiya o‘yinlariga o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini o‘tagan “O’zbek botirlari” ikkinchi xalqaro gran-pri turnirining g‘olib-sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medallar hamda birinchi o‘rin uchun 20 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 10 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Kiritildi: 16:04, 04.06.2025.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик