Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona"ga o‘tayotgan Joan Garsiya o‘z shahrida haqoratlarga qoldi

"Barselona"ga o‘tayotgan Joan Garsiya o‘z shahrida haqoratlarga qoldi

Baho:
+ | -

Joan Garsiyaning "Barselona"ga o‘tishi munosabati bilan uning tug‘ilgan shahrida haqoratli graffiti paydo bo‘ldi.

Avvalroq "Espanyol"ning 24 yoshli darvozaboni azaliy raqibiga qo‘shilishga rozi bo‘lgani va "Barselona" uni sotib olish uchun 25 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi.

"Espanyol" muxlislari darvozabonning unga talab katta bo‘lgan Premyer-ligaga borishiga ishonchi komil edi, ammo Garsiya "Barselona"ga o‘tishga qaror qildi.

"Ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuv xabaridan so‘ng futbolchining ona shahri, Barselona provinsiyasi tarkibiga kiruvchi Sallen shahrida haqoratomuz graffiti paydo bo‘ldi: "Joan kalamush", "sotqin".

Joan joriy mavsumda La Ligada 38 ta o‘yin o‘tkazib (8 ta o‘yinda maydonga tushib, har bir o‘yinda o‘rtacha 1,34 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 22:07, 05.06.2025.
O'qildi: 4235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик