Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi

"Barselona" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" xavbeki Pablo Torre klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda deyarli maydonga tushmagan, biroq Xans-Diter Flik uni texnik va taktik jihatdan iqtidorli futbolchi deb hisoblaydi. Torrening yagona muammosi - "Barselona"da uning pozisiyasida juda ko‘p futbolchi bor.

Jurnalist Gabriel Sansning yozishicha, "ko‘k-anorranglilar" 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, shundan so‘ng uni ijaraga berishlari yoki birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan sotishlari mumkin. "Rasing" tarbiyalanuvchisi "Barsa"da qolishi va tarkibdagi o‘rni uchun kurashni davom ettirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Pablo Torre o‘tgan mavsumda 14 ta bahsda 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 6 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:24, 12.06.2025.
O'qildi: 2100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик