Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" hujumchisi yangi klubida asosiy o‘yinchi maqomini talab qilmoqda

"Liverpul" hujumchisi yangi klubida asosiy o‘yinchi maqomini talab qilmoqda

Baho:
+ | -

Darvin Nunyes klubini o‘zgartirishga yaqin turibdi.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "Liverpul" hujumchisi o‘tgan mavsumdagi holat takrorlanishini istamayapti va asosiy tarkib futbolchisi maqomini qo‘lga kirita oladigan jamoa qidirmoqda. Manbaga ko‘ra, 25 yoshli urugvaylik uchun kurashda favorit "Napoli" bo‘lib qolmoqda, u yerda Antonio Konte boshchiligidagi loyiha kuchli hujum markazini talab qiladi. Klub futbolchining atrofidagilar bilan muntazam aloqada bo‘lib, raqobatchilarni ortda qoldirishga harakat qilmoqda - "Milan" ham o‘z qiziqishini yashirmayapti.

O‘tgan mavsumda u APLda 30ta o‘yinda maydonga tushib, atigi beshta gol urdi. Qizig‘i shundaki, avvalroq Nunyesni Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Futbolchi Yevropadan tashqariga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylamayapti.

Kiritildi: 17:29, 17.06.2025.
O'qildi: 1730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик