Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 15:00 Tejon Hana Citizen 0-1 Vissel Kobe
27/10 15:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Port
27/10 15:00 Kyoto Sanga 5-2 Nyukasl Jets
27/10 15:00 Shangxay Port 2-3 Kongan Hanoi
27/10 17:15 Beyjing Guoan 2-2 Chonbuk Motors
27/10 17:15 Ratchaburi 0-0 Kashiva Reysol
27/10 21:00 Shabab al-Ahli - Istiqlol
27/10 21:00 As-Siyb - Ist Bengal
27/10 22:30 Sassuolo 2-6 Lasio
27/10 23:15 Ash-Shamol - Al-Hilol
27/10 23:15 Ash-Shorta - Al-Hussayn
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter
29/10 00:45 Jenoa - Yuventus
29/10 00:45 Monsa - Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche

Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» klubida qaysi pozisiyada o‘ynaydi?

Muhammadali O‘rinboyev «Antverpen» klubida qaysi pozisiyada o‘ynaydi?

Baho:
+2 | -

“Paxtakor” hamda O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini Belgiyaning “Antverpen” klubida davom ettirishga yaqin turgani haqida ma’lumot berib o‘tgan edik.

«Futbolchi bilan 3-4 yillik shartnoma imzolanadi. Hozirda O‘rinboyev viza masalasi hal bo‘lishini kutmoqda.

O‘rinboyev bir muddat Angliyaning “Brentford” klubi yoshlar jamoasida yarim yillik amaliyot o‘tab kelgan, ammo bu safar so‘z professional shartnoma haqida bormoqda. 20 yoshli Muhammad uchun bu mavsum omadli ketmoqda — u “Paxtakor” safida chempionat va Kubok doirasida 14 ta o‘yinda 5 gol va 3 assist qayd etgan. Shuningdek, U-20 Osiyo Kubogida jamoa sardori bo‘lib 4 o‘yinda 4 gol va 1 assist bilan ajralgan.

“Antverpen”ga hujumkor yarim himoyachi kerak. Hozir bu pozisiyada 37 yoshli tajribali futbolchi, to‘purar Tyaronn Cherri harakat qilmoqda, lekin u bu mavsum oxirida jamoani tark etadi. Nemis futbolchisi Kristofer Skott ham bor, ammo u ko‘p jarohat oladi va asosiy tarkibda deyarli o‘ynamaydi. Shuningdek, yaqinda o‘rinbosarlar jamoasidan asosiy tarkibga o‘tkazilgan bir necha yoshlar ham bor, lekin ularda yetarlicha tajriba yo‘q. Shunday ekan, barcha imkoniyatlar O‘rinboyevning o‘ziga bog‘liq. Menimcha, Belgiya chempionati uning top-5 ligalar klublariga yo‘l ochuvchi tramplinga aylanishi mumkin», — deb yozadi Rossiyalik jurnalist Aleksandr Troiskiy o‘zining telegram-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, “Antverpen” Belgiya chempioni unvonini 5 marta qo‘lga kiritgan (1928/29, 1930/31, 1943/44, 1956/57, 2022/23 yilgi mavsumlar).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:57, 19.06.2025.
O'qildi: 4176 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик