Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Manchester Siti" "Arsenal" va "Tottenxem"ning transfer maqsadi uchun kurashadi

"Manchester Siti" "Arsenal" va "Tottenxem"ning transfer maqsadi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Kristal Pelas" hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Ezega da’vogarlar ro‘yxatini to‘ldirdi.

Futbolchi uchun kurashda Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari favorit hisoblangan, ammo "shaharliklar" ham "burgutlar" yulduzini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Times Sport. Transfermarkt portali inglizning narxini 55 mln yevroga baholamoqda.

Eze Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida "Kristal Pelas" safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:32, 27.06.2025.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик