Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Nyoni "Liverpul" bilan professional shartnoma imzoladi

Nyoni "Liverpul" bilan professional shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

30 iyun kuni o‘zining 18 yoshini nishonlagan "Liverpul" yarim himoyachisi Treymoris Noni o‘zining ilk professional shartnomasini imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

2023 yilgacha "Lester"da o‘ynagan Nyoni "Liverpul"ning yevrokuboklardagi eng yosh futbolchisiga aylandi va shu yilning yanvar oyida Chempionlar ligasi doirasida "PSV"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Uchrashuv vaqtida u 17 yoshu 213 kunlik edi.

"Men bolaligimdan "Liverpul"ni qo‘llab-quvvatlaganman, shuning uchun bu ajoyib tuyg‘u. Endi men nima uchun bu shartnomaga loyiq ekanligimni ko‘rsatishim kerak. Bosqichma-bosqich yaxshilanib, futbolchi sifatida rivojlanib bormoqdaman", - dedi Nyoni "Liverpul" matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda asosan markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surayotgan Nyoni asosiy tarkibda 5ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, u klubning o‘smirlar va yoshlar jamoalarida o‘ynab, 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:56, 30.06.2025.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.