Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Nega Viktor Dyokeresh haliyam "Arsenal"ga o‘tishni tugatmadi?

Nega Viktor Dyokeresh haliyam "Arsenal"ga o‘tishni tugatmadi?

Baho:
+ | -

"Sporting"ning shvesiyalik hujumchisi Viktor Dyokeresh Londonning "Arsenal" klubiga o‘tishini rasman yakunlash arafasida. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Arsenal" va "Sporting" advokatlar bilan shvesiyalik forvardning kelishuvining barcha tafsilotlari, jumladan, jami 10 million yevroga aniq qo‘shimchalar bo‘yicha hujjatlarni tekshirmoqda. Qayd etilishicha, rasmiy transferdan so‘ng darhol tibbiy ko‘rik tayinlanadi. Transfer borasida hech qanday muammo yo‘qligi, og‘zaki kelishuvga 100 foizlik erishilgani aytilmoqda.

Oldinroq Romano shartnoma summasi bonuslarsiz 63,5 million yevro bo‘lishini aytgan edi.

O‘tgan mavsumda "Sporting" hujumchisi barcha turnirlarda 52ta o‘yin o‘tkazib, 54ta gol urgan va 13ta golga assistentlik qilgan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning bozor qiymati, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 75 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 08:14, 24.07.2025.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик