Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted" Garnachoni tezroq sotib yubormoqchi - futbolchida Angliyada uchta variant bor

"Manchester Yunayted" Garnachoni tezroq sotib yubormoqchi - futbolchida Angliyada uchta variant bor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho tez orada klubini o‘zgartiradi.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim argentinalik futbolchiga ishonmayapti, shu bois u yoz boshidan buyon yangi klub izlamoqda. Give Me Sport xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" iyul oyi oxirigacha xaridor topilishiga umid qilmoqda. Garnachoga ayni damda "Tottenxem", "Chelsi" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda - mankunianliklar rahbariyati 21 yoshli futbolchini kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelishga chaqirmoqda.

Alexandro Garnacho o‘tgan mavsum "MYU" safida 58 ta o‘yinda 11 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermakt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 45 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:33, 28.07.2025.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик