Rimning "Roma" klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
Record nashri xabariga ko‘ra, 31 yoshli argentinalikni "Benfika" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Portugal grandi yaqin kunlarda Transfermarkt tomonidan 8 million yevroga baholanayotgan futbolchi uchun rasmiy taklif yuboradi.













