Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati bo‘yicha ma’lumot berdi

Antidoping agentligi Lazizbek Mullojonovning vaziyati bo‘yicha ma’lumot berdi

Baho:
+ | -
Avvalroq, o‘zbekistonlik bokschi, Parij Olimpiadasi g‘olibi Lazizbek Mullojonov antidoping qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotganini xabar qilgandik.

O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi vaziyatga munosabat bildirdi.

"Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Lazizbek Mullojonovdan joriy yil 11 iyundagi olingan doping sinamada Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning “Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati”da S1.1 anabolik agentlar guruhiga kiritilgan “Metasteron” (Methasterone) taqiqlangan moddasi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan Xalqaro Testlash agentligi (ITA) tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar, xususan, sportchi tomonidan mazkur taqiqlangan moddani terapevtik istisnolar xalqaro standartining 4.1 moddasiga muvofiq terapevtik maqsadlarda ishlatilganligi bo‘yicha ham surishtiruvlar olib borilishini o‘z ichiga oladi. Mazkur holatda, agar taqiqlangan modda istisno tarzida terapevtik maqsadlarda qo‘llanilgan deb topilsa, sportchiga diskvalifikasiya jazo chorasi qo‘llanilmasligi mumkin. Shunga muvofiq, surishtiruv va tahlil jarayonlari oxiriga yetgachgina yakuniy qaror e’lon qilinadi.

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillaridan yakuniy xulosaga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni va O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan rasmiy ma’lumot e’lon qilinmasidan oldin asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur qoidabuzarlik L.Mullojonovning undan doping sinama olingan kun, ya’ni joriy yilning 11 iyun kuniga qadar ko‘rsatgan natijalari, jumladan, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlaridagi oltin medaliga ta’sir o‘tkazmaydi", deyiladi tashkilot xabarida.

Manba: uznada.uz
Kiritildi: 09:00, 08.08.2025.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик