Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 0-1 Arsenal

Runi: "Amorim barchasini o‘zgartirishini istardim"

Runi: "Amorim barchasini o‘zgartirishini istardim"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Ruben Amorim boshchiligidagi klubning yangi mavsumdagi o‘yinlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"U barchasini o‘zgartirishini juda istardim, ammo ba’zida biz juda shoshayotgan bo‘lishimiz mumkin, chunki "Manchester Yunayted" ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda va mavsumda atigi ikkita o‘yin o‘tkazildi. Xavotirlisi, o‘tgan mavsumda ham xuddi shunday holatni ko‘rgan edik. Bu xavotir uyg‘otadi", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Amorim "MYU"ni o‘tgan qishda qabul qilib olgan edi. Portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida klub APL turnir jadvalining ikkinchi yarmidan ko‘tarila olmadi, shuningdek, Yevropa Ligasi finalida "Tottenxem"ga yutqazdi.

Kiritildi: 22:10, 25.08.2025.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик