Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" FA'ning ayblovidan so‘ng bayonot berdi

"Chelsi" FA'ning ayblovidan so‘ng bayonot berdi

Baho:
+2 | -

"Chelsi" o‘zining rasmiy veb-saytida bayonot e’lon qildi. Bu bayonot Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan klubga qarshi 2009-2022 yillar davomida, ya’ni Roman Abramovich "aristokratlar"ning egasi bo‘lgan davrda, 74 ta ayblov ilgari surilganidan so‘ng chiqarildi.

"Chelsi"ning ta’kidlashicha, klubning amaldagi xo‘jayinlari 2022 yil 30 may kuni klubni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlagan. O‘sha paytda o‘tkazilgan tekshiruv davomida o‘tgan yillar uchun moliyaviy hisobot to‘liq bo‘lmasligi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda klubning o‘zi Futbol assosiasiyasi va boshqa tartibga soluvchi organlarga ma’lum qilgan.

"Klub ushbu jarayonda misli ko‘rilmagan shaffoflikni namoyish etdi, jumladan, fayllar va tarixiy ma’lumotlarga to‘liq kirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu ishni tezroq yakunlash uchun Futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikni davom ettiramiz," - deyiladi bayonotda.

"Chelsi" futbol assosiasiyasiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 17:32, 11.09.2025.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик