"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi.
"Murabbiy bilan ko‘p muloqot qilaman. U menga ishonch bag‘ishlaydi va o‘yindan zavqlanishimni, dadil bo‘lishimni va maydonda o‘zligimni saqlab qolishimni aytadi. Uning so‘zlari tufayli o‘zimni xotirjam his qilyapman," - dedi 18 yoshli vinger Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.













