Fransiya chempionatida allaqachon to‘rtta tur o‘tdi va rekord o‘rnatildi. Bu vaqt davomida, ya’ni 36 uchrashuvda atigi uchta durang qayd etilgan.
Birinchi turda “Brest” va “Lill” o‘zaro 3:3 hisobida durang o‘ynashdi. Ikkinchi turda umuman durang qayd etilmagan bo‘lsa, uchinchi turda “Anje” va “Renn” jamoalari ochko bo‘lishishdi – 1:1.
Nihoyat, to‘rtinchi turda "Anje" "Mes" bilan durang natija qayd etdi.
Amaldagi chempion “PSJ” 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













