Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Van Deyk "Atletiko" haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi

Van Deyk "Atletiko" haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" sardori Virjil van Deyk Chempionlar ligasi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Niderlandiyalik futbolchi Madrid jamoasi va uning bosh murabbiyi Diyego Simeonening saviyasini alohida e’tirof etdi.

"Atletiko" juda qattiq ishlaydigan jamoa, ularda jahon darajasidagi murabbiy bor. U juda uzoq vaqtdan beri bu klubda ishlamoqda, bu ko‘p narsani anglatadi. Biz "Atletiko"ni juda hurmat qilamiz, ularda yuqori saviyali futbolchilar, yuqori saviyali darvozabon bor - men cheksiz davom etishim mumkin", - deya van Deykning matbuot anjumanidagi so‘zlarini keltiradi UEFA sayti.

"Liverpul" va "Atletiko" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 1-turidan o‘rin olgan o‘zaro o‘yinni 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlaydi.

Kiritildi: 22:38, 16.09.2025.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик