Vinisius 2026 yilning yanvarida «Real»ni tark etishi mumkin.
El Chiringuito TV telekanali xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jamoadagi o‘rni o‘zgargani uchun qiyin davrni boshdan kechirmoqda.
Joriy mavsumda u "Real Madrid" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq ularning hech birida to‘liq 90 daqiqa o‘ynamadi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchiga yaqin bo‘lganlarning shikoyatlari Braziliya OAVda paydo bo‘lmoqda: asabiylashish, sarosimaga tushish va bu holat uning istiqboliga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi xavotir mavjud.
"Hech narsa o‘zgarmasa, Vinisius yanvarda "Real"da qolmasligi mumkin", - deydi El Chiringuito TV telekanali jurnalisti Markos Benito.
25 yoshli vingerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.













