Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya - PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Manchester Siti" yosh yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirganiga izoh berdi

"Manchester Siti" yosh yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" futbolchisi Niko O'Rayli yangi shartnoma imzoladi. Klub 20 yoshli xavbek bilan shartnomani uzaytirganini juma kuni e’lon qildi. Bitim 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

"Har qanday yosh futbolchi Nikodan o‘rnak olishi kerak. U texnikali, aqlli va o‘yinni yaxshi o‘qiydi. U asosiy jamoaga o‘tganidan beri sezilarli o‘sishga erishdi va biz u yanada yaxshilanishi mumkin deb hisoblaymiz. Uning salohiyati juda katta. Niko - fantastik shaxs. U bor e’tiborini futbolga qaratgan - yosh futbolchilarimizdan aynan shuni kutamiz," - deydi "shaharliklar" sport direktori Ugu Viana.

O'Rayli "Manchester Siti"ning asosiy jamoasi safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:35, 27.09.2025.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик