Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"

Prevyu. "Buxoro" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliga 24-turida "Paxtakor" "Buxoro" bilan safar o‘yinida maydonga tushadi.

Toshkentliklar safida Abdurauf Bo‘riyev, mezbonlardan esa Ikich diskvalifikasiya tufayli o‘ynay olmaydi.

Chempionatlar tarixida ushbu jamoalar 61 bor o‘zaro bellashgan. 45 bahsda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Buxoro" g‘alaba qozongan. 9 to‘qnashuv durang bilan yakunlangan. Raqib darvozasi 142 bor ishg‘ol etilib, buxoroliklar 38 gol urishgan. 17 uchrashuvda "Sherlar" raqibni yirik natija bilan taslim qilgan. 2005 yil eng yirik natija kuzatilgan. "Paxtakor" safarda 8:0 hisobida zafar quchgan.

Mehmondagi o‘yinlarda "Paxtakor" ko‘rsatkichi shunday ko‘rinish olgan: 17 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyat. "Buxoro" darvozasiga 58 gol urilib, 21 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

"Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 4 oktyabr, shanba kuni soat 17:00da Buxoro FA stadionida boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:26, 03.10.2025.
O'qildi: 1072 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик