Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK 2-0 Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Andijon
20/10 19:00 Neftchi 2-4 Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah 1-2 Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche 2-2 Slaviya
20/10 23:59 PSJ 4-2 Barselona
20/10 23:59 Liverpul 4-3 Vilyarreal
20/10 23:59 Shtutgart 1-1 Atletiko
20/10 23:59 Manchester Siti 5-1 AEK
20/10 23:59 Napoli 4-3 Bude-Glimt
20/10 23:59 Portu 0-1 PSV
20/10 23:59 Roma 4-0 Slovan
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill - Galatasaroy
21/10 21:45 Komo - Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya - Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid - RB Leypsig
21/10 23:59 Inter - Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa - Viking
21/10 23:59 Betis - Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge - Lans
21/10 23:59 Sporting - LASK

Indoneziya Isroil gimnastlariga viza bermadi

Indoneziya Isroil gimnastlariga viza bermadi

Baho:
+1 | -

Indoneziya Isroil gimnastika jamoasi a’zolariga viza bermadi. Oqibatda yahudiy sportchilar oktyabr oyi oxirida Jakartada bo‘lib o‘tadigan Jahon badiiy gimnastika chempionatida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Indoneziya gimnastika federasiyasiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Musulmon aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlat — Indoneziyada chempionat 19–25 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

“Isroilliklar qatnashmaydi, bu rasman tasdiqlandi”, degan Indoneziya gimnastika federasiyasi rahbari Ita Juliati jurnalistlarga.

Indoneziyaning yuridik masalalar bo‘yicha vaziri Yusril Ihza Mahendraning aytishicha, viza berilmasligiga sabab – musulmon ulamolar kengashi va Jakarta hukumati tomonidan bildirgan e’tirozlar. Ta’kidlanishicha, Isroil Falastinning mustaqilligini to‘liq tan olmaguncha, ikki davlat o‘rtasida aloqalar o‘rnatilmaydi.

So‘nggi yillarda Indoneziya hukumati Isroilga nisbatan yumshoqroq yondashuvni namoyish etayotgani ham sir emas. Xususan, prezident Prabovo Subianto BMT Bosh Assambleyasida chiqish qilib, dunyo Falastin mustaqilligini tan olib, Isroil xavfsizligini ham kafolatlashi kerakligini ta’kidlagan edi.

Ayni paytda, bu ikki davlat o‘rtasida sport sohasida yuzaga kelgan ilk ziddiyat emas. FIFA 2023 yil mart oyida Indoneziyani 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum qilgan edi. Sababi — mahalliy gubernatorlardan biri Isroil jamoasini qabul qilishni rad etgan. Bundan tashqari, BMT mutaxassislari ham FIFA va Yevropa futbol assosiasiyalarini Isroilni xalqaro musobaqalardan chetlatishga chaqirmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:51, 10.10.2025.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик