"Barselona" afsonaviy yarim himoyachisi Andreas Inyesta jamoa yarim himoyachisi Pedri haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men ko‘p bor aytganman: futbolni tushunishim nuqtai nazaridan, Pedri men uchun eng ajoyib o‘yinchi hisoblanadi. Umid qilamanki, u o‘z faoliyatida faqat yuqoriga intilishda davom etadi, chunki bu "Barselona" uchun juda foydali bo‘ladi, - dedi "blaugrana"ning sobiq futbolchisi.













