Nani Lamin Yamal kelajakda "Oltin to‘p"ni albatta olishini aytdi.
- Siz birinchi zamonaviy vingerlardan biri edingiz. Ispaniyada hozir Lamin Yamal bor. U haqda qanday fikrdasiz?
- Menimcha, Lamin Yamal ajoyib yigit. U haqiqiy iste’dod egasi. Uning oldinda porloq martabasi bor.
"Oltin to‘p"ga nomzod bo‘ldi... Hamma uni oladi deb o‘ylagandi. Menimcha, u hozircha mukofotni qo‘lga kirita olmagani adolatli, chunki biz uning mukofotni qo‘lga kiritadigan o‘yinchi ekanligini bilamiz. Agar u konsentrasiyani saqlasa, fidoyilikni saqlasa, o‘z yo‘lidan borsa, albatta, "Oltin to‘plar"ni qo‘lga kiritadi", dedi Nani.













