Mashhur darvozabon Rinat Dasayev "PSJ"da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Matvey Safonov haqida gapirdi.
"Men uning "PSJ"da qolishidan hech qanday ma’no ko‘rmayapman.
Uning shartnomasi qanday ekanligini bilmayman. Agar u shartnomani bekor qila olmasa, uni ijaraga berishga harakat qilishadi.
Safonovning nima uchun "PSJ"ga qo‘shilganini tushunmayapman", dedi Dasayev Metaratings uchun.













